Birlashtirilgan hisob yaratish tadbirining soʻnggi bosqichi haqida eʼlon
This page is kept for historical interest. Any policies mentioned may be obsolete. If you want to revive the topic, you can use the talk page or start a discussion on the community forum. |
Foydalanuvchilar faoliyatining samarasini oshirish va ularni qoʻshimcha moslamalar (masalan, loyihalararo xabar yetkazish) bilan taʼminlash maqsadida Vikimedia Fondi jamoasi hisob yozuvlari tizimiga oʻzgartirishlar kiritmoqda. Ushbu oʻzgarishlar natijasida foydalanuvchilar barcha loyihalarda bir xil hisob yozuviga ega boʻladi. Bu bizga foydalanuvchilar tahrirlashi va munozaralarda qatnashishi, shuningdek moslamalardan foydalanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish yoʻlini ochadi. Buni amalga oshirishning dastlabki talablaridan biri — har bir hisob yozuvini barcha 900 ta viki-loyihada birlashtirishdir.
Afsuski, bir qancha hisob yozuvlari hozirgacha birlashtirilmagan, buni ustiga baʼzi hisob nomlari har-xil loyihalarda har-xil odamlarga tegishli boʻlib, chalkashlikka olib kelmoqda. Har bir foydalanuvchi Vikimedianing barcha loyihalarida faoliyatini davom ettira olishi uchun, biz baʼzi-bir hisob nomlarini oxiriga "~" belgisini va viki-loyiha nomini qoʻshib oʻzgartiramiz. Oʻzgarishlar 27-may atrofida amalga oshiriladi. Masalan, oʻzbekcha Vikipediyadagi “Aʼlochi” nomli hisob yozuvi “Aʼlochi~uzwikipedia” nomiga oʻzgartiriladi.
Barcha hisob yozuvlari avvalgidek ishlashda davom etaveradi, tahrirlar tarixi saqlab qolinadi. Ammo hisob nomi oʻzgartirilgan foydalanuvchilar (ularning har biri bilan biz bogʻlanamiz) tizimga yangi nom orqali kirishga majbur boʻlishadi.
Hisob nomlarini xolos global nom darajasida oʻzgartirish mumkin boʻladi; hisob nomlarini mahalliy loyiha darajasida oʻzgartirish man qilinadi — barcha hisoblar global va yagona boʻlishi uchun — bu degani endidan byurokratlarda hisob nomlarini oʻzgartirish imkoni boʻlmaydi. Yangi hisob nomi yoqmasa, tadbir yakuniga yetkach, hisob nomini oʻzgartirish uchun Meta-vikiga murojaat etish kerak boʻladi.