Movement Strategy/uz

This page is a translated version of the page Movement Strategy and the translation is 97% complete.


Bepul bilimlar ekotizimida kelajagimiz

Vikipediya 2001-yilda barcha bilimlar yigʻindisini boshqalar bilan baham koʻrish uchun bir taklif sifatida boshlangan. Bugungi kunda Wikimedia dunyodagi eng yirik ensiklopediyani va boshqa koʻplab viki-loyihalarni taklif etadi, jumladan; Wikimedia Commons, Wikidata va boshqalar.

Ushbu muvaffaqiyatga qaramay, Wikimediachilar koʻplab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Gender tafovutlari va kam vakillik guruhlarning ishtirokiga toʻsiqlar hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Harakatimizning kuchi, manbalari va imkoniyatlari bir tekisda taqsimlanmagan. Senzura, nazorat va bilimlarni tijoratlashtirishning kuchayishi Wikimedianing mavjudligiga xavf solmoqda. Texnologiya va ijtimoiy tendensiyalarning rivojlanishi tufayli ishimiz eskirishi mumkin. Shunga qaramay, bu qiyinchiliklar va oʻzgarib borayotgan dunyo imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Odatdagi barcha Wikimedia tadbirlarida ishlash jarayonida turli guruhlar oʻrtasida strategiya yaratish tartibsiz va murakkab ish edi. Oxir-oqibat, tasavvurni shakllantirish uchun umumiy qarashlar va bilimlar toʻplandi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati Wikimedianing kuchi bu foydalanuvchilarining isteʼdodi, fidoyiligi va toʻgʻrisoʻzligida ekanligini isbotlaydi.

Bizni birlashtirgan narsa qilayotgan ishlarimiz emas; bularni nima uchun qilayotganimizdir.

Harakat strategiyasini tushunish

strategik yoʻnalishimizdan boshlaymiz:

2030-yilga borib Wikimedia bepul bilimlar ekotizimining muhim infratuzilmasiga aylanadi va bizning qarashlarimizni oʻrtoqlashadigan har bir kishi bizga qoʻshilishi mumkin boʻladi.

Biz tinglash, oʻrganish va sinab koʻrishning foydaliligiga ishonamiz. Faqat ochiq muloqot orqaligina biz hamma uchun mos keladigan bepul maʼlumotlar bazasini yaratishimiz mumkin. Harakat strategiyasi barchani umumiy maqsad yoʻlida birlashtirishga yordam beradi. Ushbu jarayon tamoman ochiq, ishtirokchilar bilan, koʻp tilli boʻlishi kerak. Biz umumiy tamoyillarni baham koʻrgan holda barchani ushbu strategiyaga hissa qoʻshishga chorlaymiz.

Strategik yoʻnalish Vikimedia Harakatini 2030-yilgacha boʻlgan yoʻlda birlashtiradi va ilhomlantiradi. Quyidagi ikkita maqsad ushbu yoʻnalishning asosi hisoblanadi.

  • Axborot xizmati sifatida – Koʻp formatlarda maʼlumot yetkazib beradigan va tarafdorlar uchun vositalarni ishlab chiqadigan platforma boʻlishi.
  • Axborotning xolisligi – Kuch va imtiyoz tuzilmalari tomonidan chetlashtirilgan bilim va jamoalarga eʼtibor qaratish.

Ushbu maqsadlar bir-biriga oʻzaro bogʻliq. Biriga ikkinchisisiz erishib boʻlmaydi.

Strategik yoʻnalishda ishning turli sohalari boʻyicha oʻnta tavsiya keltiriladi. Har bir tavsiya aniq tashabbuslarni belgilaydi. Har bir tashabbus koʻplab tadbirlar va loyihalardan iborat boʻlishi mumkin.

Harakat strategiyasi tavsiyalarining barchasi bir-biriga bogʻliq va bir-birini yoqlaydi. Maqsadlar kabi, ularni alohida-alohida davom ettirish mumkin emas.

Bizga qoʻshiling.

Siz Harakat strategiyasining muvaffaqiyati uchun juda muhimsiz. Ishtirok etishning koʻplab usullari mavjud: Agar sizda boshqa fikrlar boʻlsa, biz ularni bajonidil eshitishni xohlaymiz. Keling fikrlashamiz.