Fundraising 2010/Jimmy appeal 2/uz


  • Iltimos oʻqingiz:
  • Vikipediya asoschisi Jimmy Wales'dan
  • shoshilinch xabar
  • Men koʻngilliman.

    Vikipediyadagi ishim uchun men ham, boshqa minglab koʻngilli foydalanuvchilar ham biror tiyin olmaymiz. Vikipediyani boshlaganimda uni reklama bannerlari bilan toʻldirib, daromad keltiruvchi kompaniyaga aylantirishim mumkin edi, lekin men boshqacha ish tutishga qaror qildim.

    Tijorat - bu yaxshi. Reklama - yovuzlik emas. Biroq ular bu yerda boʻlmaydi. Vikipediyada boʻlmaydi.

    Vikipediya bir farqli nimarsadir. Xuddi kutubxona yoki jamoat bogʻi kabi. U bilimlar manbaidir. U biz hammamiz fikrlash, oʻrganish, bilganlarimizni boshqalar bilan oʻrtoqlashish uchun joydir. U tengi yoʻq loyihadir, tarixda bundayi boʻlmagan. U sayyoramizdagi har bir insonga ochiq ensiklopediya keltirishga bagʻishlangan ijtimoiy loyihadir.

    Har bir insonga.

    Agar Vikipediyaning 400 million foydalanuvchilari har biri $1 ehson qilganida, biz kerakli mablagʻdan 20 barobar koʻp qabul qilgan boʻlur edik. Biz kichik tashkilotmiz, va men oʻtgan yillar davomida uni mustahkam ushlash uchun astoydil mehnat qilib kelmoqdaman. Biz maqsadimizga erishishni koʻzlaganmiz, aqcha ishlasni emas.

    Ishimizni reklamalarsiz davom ettirish uchun sizning yordamingizga muhtojmiz. Aynan siz loyihamizga madad qila olasiz. Aynan siz Vikipediyani yaratgansiz. Aynan siz bilim olish uchun shunday joy borligiga imkon bermoqdasiz.

    Ushbu yilda, iltimos, Vikipediyani qoʻllab-quvvatlash uchun $20, $35, $50 yoki boshqa miqdorda ehson qilingiz.

    Rahmat,

    Jimmy Wales
    Vikipedia Asoschisi