Movement Strategy/Recommendations/Increase the Sustainability of Our Movement/uz

This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations/Increase the Sustainability of Our Movement and the translation is 100% complete.
Harakatimizning barqarorligini oshirish

What

Xoh yangi kelgan, xoh tajribali foydalanuvchilar boʻlsin, biz odamlarning ehtiyojlarini qondirish va ularga sarmoya kiritish orqali Harakatimizning barqarorligini oshiramiz. Biz Harakatimizning turli manfaatdor tomonlari o‘rtasida moliyaviy manbalarni ishlab chiqish va taqsimlash borasida yanada mustahkam, uzoq muddatli va adolatli yondashuvlarni qo‘llaymiz.

Ushbu tavsiya haqida qisqacha video

Kontentni tanlash, tahrirlash va hissa qo‘shish Harakatimizning eng muhim faoliyati bo‘lsa-da, bilim mutanosibligi va bilimni boshqalarga ulashish uchun boshqa muhim kontributsiyalar borligini bilamiz. Bularga davlat siyosati va himoyasi, salohiyatni oshirish, targ‘ibot ishlarini olib borish, tadqiqot, tashkiliy masalalar va mablag‘ yig‘ish kiradi. Harakatimizning o‘sishi va barqarorligi uchun bu faoliyatlar yaxshiroq tan olinishi va baʼzan muayyan hollarda kompensatsiya qilinishi kerak.

Harakatning etikasi va amaliyotiga muvofiq, tahrir qilish uchun kompensatsiya berilmaydi va kontentning tahrirlash erkinligiga xalaqit beradigan daromad oqimlari taʼqib qilinmaydi. Biz mahalliy guruhlar va rivojlanayotgan jamoa va tashkilotlarga mablag‘ olish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning mavjud va yangi usullaridan foydalanish imkoniyatini beramiz hamda buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Harakat sifatida oʻsib, yanada barqaror boʻlishimiz bilan birga, amaliyotimizni tashqi muhitning barqarorligini qoʻllab-quvvatlash uchun ham yoʻnaltiramiz.

Changes and Actions

Inson barqarorligi

  • Harakatda ishtirok etayotlarning qoniqishi va samaradorligini oshirish uchun tizimli yondashuvni ishlab chiqish:
    • Saʼy-harakatlarni samarali qoʻllab-quvvatlash va tan olish uchun mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda guruhlar va koʻngillilarning ehtiyojlarini baholash.
    • Doimiy ravishda har xil turdagi onlayn va oflayn hissa qoʻshuvchilarni jalb qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash.
  • Harakat mablagʻinining sezilarli darajada koʻproq miqdorini rivojlanayotgan va marginallashgan jamoalar va guruhlar, yaʼni ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xodimlar bilan taʼminlash, operatsion xarajatlar va tarkibni qoʻshish, tanlash yoki tahrirlash bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa tadbirlar uchun toʻlovlarni qoplab berishga ajratish.

Moliyaviy barqarorlik

  • Wikimedia harakati, uning ahamiyati, yutuqlari, loyihalari va butun dunyo boʻylab hamjamiyatlari haqida boxabarlikni oshirish — bilim oluvchilar, koʻngillilar, hamkorlar va yordamchilarning eʼtiborini, ishonchini va qiziqishini mustahkamlash.
  • Daromad olish qoidalarini belgilash va mahalliy sharoit va ehtiyojlarga moslashtirilishi mumkin boʻlgan narsalarni aniqlash uchun Harakatning barcha tuzilmalariga taalluqli dasturni yarating. Bu dastur barqarorlikni, missiyamiz, Harakatning ahamiyati hamda moliyaviy mustaqillikni muvozanatlashtiradi. Ushbu dasturga muvofiq biz:
    • Harakat subʼektlari boʻylab daromad olish masʼuliyatini taqsimlang va barqarorlikni oshirish uchun mahalliy mablagʻ yigʻish koʻnikmalarini rivojlantiring.
    • Harakat bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va daromad oqimlarini diversifikatsiya qilish, shu bilan birga mablag‘larning shaffof va hisob-kitob asosida to‘planishi va sarflanishini ta’minlash.
  • Hamkorlik va erishilgan foyda orqali daromad olish va bilimlarni bepul tarqatish uchun yangi imkoniyatlarni tadqiq eting.
    • Korporativ darajadagi API yaratish (yaroliligi, oʻtkazish qobiliyati va foydalanishning yuqori standartlari bilan).
      • Kerakli hollarda kichik, notijorat va yirik tijorat qayta foydalanuvchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun hamkorlarni rivojlanishga jalb qilish.
      • Korxona miqyosidagi tijorat qayta foydalanuvchilari uchun toʻlovlar yoki barqarorlik modellarini oʻrganing, mahsulotni loyihalashtirish va ishlab chiqishda daromadga bogʻliqlik yoki boshqa ortiqcha tashqi taʼsirlardan qochishga harakat qiling.
      • Notijorat, tadqiqot va kichik va oʻrtacha tijorat maqsadlarida foydalanish uchun doimiy bepul, cheklanmagan kirishni taʼminlashda tegishli himoya choralarini ishlab chiqish.
    • MediaWiki texnologiyalarini rivojlantirishda uchinchi tomon ekotizimlarining faol ishtiroki (masalan, Wikibase va Parsoid).
    • MediaWiki texnologiyalari boʻyicha professional va konsalting xizmatlarini taqdim etish.
    • Merchandising yaratish va Wikimedia brendidan foydalanish.

Rationale

Bizning hozirgi sharoitimizda, mablagʻlar va xodimlarning katta qismi Shimoliy yarim sharda joylashgan boʻlib, bu resurslarning notoʻgʻri taqsimlanishiga olib keladi. Harakatimizda barqaror oʻsish va chidamlilikni taʼminlashga maydon yaratish uchun biz hali hamjamiyatimizda vakili boʻlmaganlar bilan bogʻlanishga faolroq yondashishimiz kerak. Buni shuningdek, Harakatda ishtirok etayotganlarning hissalarini baholashning yaxshiroq usullari bilan muvozanatlash kerak, aks holda biz horgʻinlik, chalkashliklar tufayli xotira, tezlik, imkoniyatlar va odamlarni yoʻqotishimiz mumkin.

Insonlar

Kelajagimiz sogʻlom, bir-birini takrorlamaydigan, hamkorlikda ishlaydigan hamda doimiy ravishda faol ishtirokchilarning oqimiga bogʻiq. Biroq, bizda manbalar va imkoniyatlarni (masalan, pul, hamkorlar, imtiyozlar) Harakat boʻylab teng ravishda mavjudligini taʼminlash uchun mexanizmlar yetishmaydi. Bundan tashqari, bizda barcha ishtirokchilar uchun onlayn va oflayn hissalarni aniqlab, ularni yoqish mexanizmlari ham deyarli mavjud emas. Ishtirokchilarning koʻpayishi va doimiy faolligini taʼminlash, bu ularning turli ehtiyojlarini qondirish va qoʻllab-quvvatlash protseduralari, jarayonlar va ramkalarni takomillashtirish bilan bogʻliq.

Moliyaviy resurslar

Strategik yoʻnalishimizning maqsadi Harakatimizning rivoji uchun daromadni bugungi holatidan koʻra yanada koʻpaytirish. Joriy model Vikipediya banner xayriyalariga bogʻliq boʻlib, tashqi omillarga chidamsiz va kelajakda texnologiya va bilimlarni isteʼmol qilish tendentsiyalarida samarasiz boʻlishi mumkin. Bunga misol tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri trafikning kamayishi, virtual yordamchilar va qidiruv tizimlari orqali kirishning koʻpayishini keltirish mumkin. Biz diversifikatsiyalangan global yondashuv, texnologik yutuqlar, platformamiz va mahsulotimizdan foydalanish bilan bogʻliq turli xil daromad imkoniyatlari bilan birga keladigan potentsiallikni yoʻqotmoqdamiz. Deyarli barcha daromad oqimlari bir nechta Harakat tashkilotlari orqali oʻtishi bilan, imkoniyatlarni boy berish va tengsizlik davom etmoqda.