Harakat Nizomi/Tarkib/Konsepsiya
This was a historical draft of the Wikimedia Movement Charter. The latest version of the Charter that is up for a global ratification vote from June 25 to July 9, 2024 is available in the main Meta page. We thank the stakeholders of the Wikimedia movement for their feedback and insights in producing this draft. |
Filiallar
Harakat filiallari Wikimedia Harakati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar boʻlib, ular Wikimedia Jamgʻarmasi va Global Konsulning (2026-yildan keyin) ijobiy fikriga koʻra Wikimedia jamgʻarmasi tomonidan rasman tan olinadi. Harakatning toʻrt turi mavjud:
- Boʻlimlar — Wikimedia harakatining vakili boʻlgan va maʼlum bir geografik mintaqaga bogʻlangan, global miqyosda harakat faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlardir. Filiallar yoki milliy/submilliy tashkilotlar ularni Wikimedia bilan uzviy bog‘laydigan nomdan foydalanadi va o‘z faoliyati, reklamalari va mablag‘ yig‘ish uchun Wikimedia savdo belgilaridan foydalanish huquqini oladi.
- Tematik tashkilotlar - Wikimedia harakati vakili boʻlib, turli mamlakatlar va mintaqalarda maʼlum bir mavzu, topik yoki masala boʻyicha ishlarni, umuman olganda harakatning butun dunyo boʻylab faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilot. Tematik tashkilotlar Wikimedia bilan uzviy bogʻliq boʻlgan nomdan foydalanadilar, shuningdek, oʻzlarining ishi, reklamasi va mablagʻ yigʻish jarayoni uchun Wikimedia savdo belgilaridan foydalanish huquqiga ega.
- Wikimedia foydalanuvchilari guruhi – aloqani yoʻlga qoʻygan shaxsning aniqligi, loyiha tarixiga ega ochiq aʼzolik guruhlari va ularni shakllantirish oson boʻlishi uchun moʻljallangan. Foydalanuvchi guruhlari tadbirlar va loyihalar bilan bogʻliq reklama uchun Wikimedia belgilaridan foydalanishda cheklangan vakolatlarga ega boʻlishlari mumkin.
- Boshqa turdagi filiallar - Global Konsul va Wikimedia Jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlangan.
Nizom
Bu Wikimedia Harakatining nizomi. Bu Harakatning rollari, majburiyatlari, huquqlari va umumiy ahamiyatini belgilab beruvchi hujjatdir.
Tarkib
Roʻyxatdan oʻtgan yoki roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchi tomonidan qoʻshilgan, olib tashlangan, oʻzgartirilgan, qayta koʻrib chiqilgan, tahrirlangan, oʻchirilgan yoki boshqa tarzda oʻzgartirilgan har qanday foydalanuvchi interfeysi yordamida Wikimedia loyihasining istalgan jihatiga oʻzgartirish kiritgan har qanday material.
Ishtirokchilar
Ushbu hujjatda hissa qoʻshuvchi deganda Wikimedia loyihasida kontent yaratish yoki uni boshqarishda ishtirok etuvchi, kontent yaratish uchun texnik yordam koʻrsatadigan har qanday shaxs tushuniladi.
Xolislik
Xolislik - bu har bir kishiga oʻz sharoitlaridan kelib chiqib, bir xil darajadagi muvaffaqiyatga erishishga toʻsqinlik qiladigan toʻsiqlarni hisobga olgan holda adolatli munosabatda boʻlish standartlarini belgilashga harakat qilishdir.
Tashqi hamkorlar
Bizning qadriyatlarimiz va missiyamizga mos keladigan, Harakat ichidagi bir yoki bir nechta manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qiluvchi Wikimedia Harakatiga kirmaydigan tashkilotlar. Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatilmaydi.
Sponsor
Moliyaviy sponsor grant oluvchi nomidan grantni boshqaradigan tashkilot. Ushbu hujjat kontekstida moliyaviy sponsorlar Wikimedia filiallari boʻlishlari shart emas. Moliyaviy sponsorlar oʻzlarining mahalliy sharoitlarida xayriya/notijorat tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtgan birlashgan tashkilotlar boʻlishi va grant beruvchi tashkilot tomonidan belgilanadigan baʼzi asosiy talablarga javob berishi kerak.
Ochiq maʼlumotlar bazasi
Ochiq maʼlumotlar (yoki bepul maʼlumotlar) – foydalanish, qayta foydalanish va tarqatish hech qanday moddiy, ijtimoiy yoki texnologik cheklovlarsiz bepul boʻlgan maʼlumotlar.
Mablagʻ yigʻish
Mablagʻ yigʻish - bu xayriya izlash va olish harakati. Ushbu hujjatda „mablagʻ yigʻish“ atamasi mustaqil tashkilotlar va individual hayriya qiluvchilardan pul mablagʻlarini olish jarayonini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu koʻpincha aniq maqsadlarni qoʻllab-quvvatlash uchun uchinchi tomon tarafidan beriladigan grantlarni oʻz ichiga oladi.
Filiallar va mintaqaviy tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladigan mablagʻ yigʻish harakatlari mahalliy darajada muvofiqlashtirilgan mablagʻ yigʻish deb ataladi. Wikimedia Jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladigan mablagʻ yigʻish harakatlari global miqyosda muvofiqlashtirilgan mablagʻ yigʻish deb ataladi.
Inklyuzivlik
Xilma xillikning yuzaga kelishida shart-sharoitlarni yaratish uchun muhit, siyosat va tuzilmalarni oʻzgartirish orqali ayrim shaxslar va guruhlar tomonidan istisnolar va diskriminatsiyani (masalan, yoshi, ijtimoiy tabaqasi, etnik kelib chiqishi, dini, jinsi, jinsiy orientatsiyasi va boshqalar) kamaytirish harakati.
Harakat/Wikimedia harakati
„Harakat“ yoki „Wikimedia harakati“ Wikimedia saytlari va loyihalari atrofidagi odamlar, tashkilotlar, faoliyat va qadriyatlar yigʻindisi.
Loyihalar
Wikimedia bir qator foydali loyihalarga ega (masalan, Vikipediya, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor va boshqalar). Mahalliy loyihalar, birinchi navbatda, bilim loyihasining lingvistik variantlaridir (masalan, inglizcha Vikipedia, turkcha Vikilugʻat). Baʼzi bilim loyihalari koʻp tilli boʻlib, mahalliy loyihalar tarkibiga kirmaydi; lekin shunga qaramay ular ham „loyiha“ ham „mahalliy loyiha“ boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, Meta-Viki va MediaWiki Vikisi kabi Vikimedia hamjamiyatining infratuzilmasi vazifasini bajaradigan loyihalar mavjud.
Daromad keltirish
- Daromadlarni shakllantirish – bu harakatning bir yoki bir nechta jihatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarni olish jarayoni. Daromad keltirish usullaridan ayrim misollar:
- Mablagʻ yigʻish
- Koʻpincha aniq maqsadlarni qoʻllab-quvvatlash uchun uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan grantlar, shu jumladan
- Filiallar uchun aʼzolik toʻlovlari
- Wikimedia Enterprise
Tashkilot yoki jismoniy shaxs xizmat va maʼlum bir narsalarni toʻlovsiz yoki chegirmali toʻlovni amalga oshirish orqali taqdim etgansa, bu daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan natura shaklidagi xayriya hisoblanadi.
- Yigʻilish xonalari yoki ofislar
- Internetga ulanish
- Arxiv materiallariga bepul kirish
Manbalar
Manbalar – bu shaxs yoki tashkilotning samarali ishlashi uchun jalb qilinishi mumkin boʻlgan xodimlar, materiallar, pul, bilim va boshqa vositalar zaxirasi yoki taʼminoti. (Oxford lugʻati)
Wikimedia harakati doirasida quyidagi manbalar mavjud:
- Daromadlarni shakllantirish orqali olingan mablagʻ kapitali
- Kadrlar boʻlimi, shu jumladan harakatni boshqaradigan koʻp sonli koʻngillilar va koʻngillilarni qoʻllab-quvvatlovchi oz sonli maosh toʻlanadigan xodimlar.
- Wikimedia harakatining obroʻsi, uning loyihalari va faoliyati axborot manbai sifatida dunyoga bepul taqdim etiladi.
- Koʻngillilar tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladigan loyihalarning mazmuni
- Loyihalarning dasturiy taʼminoti va mazmunini oʻz ichiga olgan xotira mexanizmi.
- Loyihalarni va boshqa harakat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻquv va axborot hujjatlari.
Manfaatdor tomonlar
Koʻngilli yoki koʻngilli boʻlmagan, tashkilotga insoniy, moliyaviy yoki boshqa kapital sarmoyalarni kiritgan, korporativ maqsadlarga erishishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan yoki aniq taʼsir koʻrsatadigan har qanday shaxs yoki guruh.
Ushbu hujjatda Harakatning maqsadlarini amalga oshirishda foyda koʻradigan har bir shaxs manfaatdor hisoblanadi. Aniqrogʻi, bu atama onlayn va oflayn hamjamiyatlarni, filiallar va Wikimedia fondi kabi uyushgan guruhlarni hamda ekotizimimizning umumiy aʼzolarini, masalan, sheriklar va ittifoqchilarni oʻz ichiga oladi.
Subsidiarlik
Subsidiarlik tamoyili qaror qabul qilish vakolati (a) natijalar uchun javobgarlik yuzaga kelganda mustahkamlikni taʼminlaydi; va (b) natijalar keltirib chiqargan harakatlar amalga oshiriladigan joyga eng munosib yaqinlikda boʻlishni anglatadi.
Vikimedia Jamgʻarmasi
WMF sifatida ham tanilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan ushbu xalqaro notijorat tashkilot Wikimedia loyihalariga mezbonlik qiladi, ularning asosiy texnik infratuzilmasi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi hamda Wikimedia obʼyektlari va mualliflariga keng koʻlamli yordam koʻrsatadi. Wikimedia loyihalari va tegishli veb-saytlarning barchasi qonunan WMFga tegishli. U Wikimedia jamgʻarmasiga tegishli markalarga, shuningdek, Wikimedia loyihalari bilan bogʻliq markalarga egalik qiladi.
Vikimediachilar
Ushbu hujjatda Vikimediachi Harakatning missiyasini amalga oshirishga hissa qoʻshadigan har bir kishidir. U xoh muharrir, xoh MediaWiki dasturchisi yoki kurator, tashkilotchi, xodim yoki Harakat faoliyatiga vaqt ajratadigan har kim boʻlishi mumkin.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
- Foundationwiki-dagi loyihaning ushbu bobi uchun tashqi huquqiy fikr-mulohazalar
- Foundationwikidagi ushbu loyiha bo‘limi uchun Wikimedia Jamgʻarmasining huquqiy munosabati