Movement Strategy/Recommendations/Provide for Safety and Inclusion/uz

This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations/Provide for Safety and Inclusion and the translation is 100% complete.
Xavfsizlik va inklyuziyani taʼminlash

What

Biz keng qamrovli, xushmuomala, xavfsiz va xotirjam muhit uchun Harakat standartlarini oʻrnatamiz. Bu bizga yangi va xilma-xil sohalardagi koʻngillilarni koʻproq jalb qilish, ularni faollar qatoriga qoʻshish va yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Ushbu tavsiya haqida qisqacha video

Biz bugungi va kelajakdagi onlayn va oflayn hissa qoʻshuvchi yordamchilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini xavf ostiga qoʻymagan holda ishtirok etishlari uchun tegishli choralarni koʻrib, manbalarga ega boʻlishini taʼminlaymiz. Shuningdek, vaziyatdan kelib chiqqan holda, yaʼni shunga moslashtirilan baholash tizimi asosida barcha ishtirokchilarni himoya qilish uchun asos (infratuzilma va dastur), meʼzonlar va tartiblarni ham oʻz zimmamizga olamiz.

Changes and Actions

  • Taʼqiblarga boʻyin egmasdan butun boshli harakat uchun maqbul xulq-atvorning universal asosini taʼminlash maqsadida jamoalar bilan hamkorlikda Boshqaruv kodeksini yarating. Bu vaziyatga, mavjud mahalliy qoidalarga, shuningdek, tatbiq etish va nizolarni hal qilish tuzilmalariga nisbatan keng qamrovli jarayon orqali amalga oshiriladi.
  • Tili yoki hududidan qatʼi nazar, foydalanuvchilarni texnik hodisalar yoki tegishli kamchilik va muammolar, jumladan ovoragarchiliklar haqida xabardor qilish imkoniyatlarini yarating, tegishli choralar koʻrib, ularni zudlik bilan hal qiling.
  • Onlayn va oflayn Wikimedia ishtiroki uchun sogʻlom ish muhitini saqlagan holda uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoa majburiyatlarining asosini, shuningdek hisobot berish va kuzatib borish tartib-qoidalarini belgilang.
  • Moslashuvchan xavfsizlikni baholash va rejalarni amalga oshirish, shuningdek tezkor javob berish va qoʻllab-quvvatlash infratuzilmalarini ishlab chiqing va tadqiq qiling. Bu onlayn va oflayn ishtirok etuvchilarning Wikimediadagi faoliyatida yetkazilgan zararni kamaytirish uchun tayyor va foydalanish mumkin boʻlgan mavjud manbalarga ega boʻlishini taʼminlaydi, jumladan:
    • psixologik yordam (masalan, terapevtlar, maslahatchilar, vositachilar),
    • texnik yordam (masalan, anonimlashtirish mexanizmlari),
    • yuridik jihatdan yordam (hamkor huquqshunoslar roʻyxati, mahalliy yuridik vakillikka koʻmaklashish va shu kabilar),
    • hayot uchun xavfli vaziyatlarda tez surʼatda koʻtarilish yoʻli,
    • ijtimoiy-siyosiy tartibsizliklar va ekologik tahdidlar va shu kabi keng miqyosli muammolarga javob berish tartib-qoidalari,
    • oʻqitish hamda jamoat xavfsizligi va mojarolarni bartaraf qilish uchun javobgarlikni kuchaytirish va boxabarlikni oshirish imkoniyatlari.
  • Hamjamiyatimiz loyihalarimizni rivojlanishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy bazalarni himoya qilish maqsadida mahalliy imkoniyatlarni kengaytirishi lozim.
  • Ishtirokchilarni vaziyatdan kelib chiqqan holda xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan platforma mexanizmlarini yarating (masalan, anonimlashtirish mexanizmlari). Bundan tashqari muayyan loyihalar yoki kontekstlar uchun imkoniyatlar va xavfni, shu jumladan betaraflikka amal qilmaslik va vandalizm xavfini baholash ham muhum.

Rationale

Vikipediya oʻziga xos muvaffaqiyatli tarixga ega. Bu muvaffaqiyatning asosiy sababchilari necha yillardan beri qimmatli maʼlumotlarni joylab, bilim oluvchilarning yetarli manba topa olishiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan koʻngillilardir. Shunga qaramasdan, jamoaimiz hanuz kengayib, dunyoning koʻplab sohalarini qamrab oldi deyolmaymiz. Ular na turli sohadagi ilmli inonlarning bir-birini takrorlamasligini, na almashinishi kerak boʻlgan bilimlarning xilma-xilligini aks ettirdi. Bizda masʼuliyatli lavozimlar oʻrtasida deyarli farq ham yoʻq. Gender tafovutining umumiy sabablari, mazmuni va hissa qoʻshuvchilarning xilma-xilligidagi boshqa boʻshliqlarda xavfsiz va inklyuziv muhitning yetishmasligi ham rost. Koʻpgina Vikimedia loyihalarining mavjud ko'nikmalaridagi bunday kamchiliklar jamoalarning ishi va ishtirokini cheklaydi. Yangi odamlar, jumladan, ayollar, LGBTQ+, mahalliy jamoalar va boshqa kam vakillik guruhlarga qoʻshilishlariga toʻsiq boʻladi.

Bundan tashqari, hozirda ushbu harakat faoliyatidagi ishtiroki tufayli xavf ostida qolishi mumkin boʻlgan hissa qoʻshuvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli yondashuv mavjud emas (masalan, soʻz erkinligi qatʼiy nazorat qilinadigan mamlakatlarda xavfsizlikka tahdidlar). Bundan tashqari ularning anonimligini taʼminlash uchun zarur choralar ham koʻrilmagan (masalan, hodisa haqida ogohlantirish). Ehtiyojlar va tahdid darajalari vazifa va masʼuliyatga qarab farqlanadi. Anonimlik va maxfiylikni taʼminlash, doksing va trolling kabi noqonuniy amaliyotlarni bartaraf etish uchun zarur xavfsizlik choralariga kirish – hamjamiyatlarimizni mustahkamlash, kengaytirish va harakatimizning barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Biz harakatimiz ishtirokchilari orasida hech qanday zararli xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaymiz.