Markaziy Osiyo anjumani — 2025/Grantlar

This page is a translated version of the page Central Asian WikiCon 2025/Scholarship and the translation is 100% complete.

Markaziy Osiyo anjumani — 2025 19-20-aprel kunlari Oʻzbekistonning Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu grantlar shaxsan ishtirok etish istagida boʻlgan hamjamiyat aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Grantlar Vikimedia jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan boʻlib, jamgʻarma anjumanda turli xil shaxslar ishtirok etishi hamda tadbir inklyuziv boʻlishini taʼminlashni koʻzlaydi.

Taymlayn

  • Grant uchun soʻrovnoma ochiladigan sana: 2024-yil 1-dekabr   In progress…
  • Grant uchun soʻrovnoma yopiladigan sana: 2024-yil 30-dekabr
  • Grant qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish va baholash: 2025-yil 1–14-yanvar
  • Yakuniy qaror haqida xabar: 2025-yil 20–25-yanvar
  • Qabul qilinganlarning yakuniy roʻyxati: 2025-yil 31-yanvar

Topshiruvchilarga qoʻyiladigan talablar

Markaziy Osiyoda (jumladan, Eron, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston) yashovchi, istalgan Vikimedia loyihasiga (masalan, Vikipediya, Vikiombor, Vikimanbalar va boshqalar) hissa qoʻshib kelayotganlar yoki boshqa Vikimedia koʻngillilari grant olish huquqiga ega. Shuningdek, Wikimedia CEE Hub, Wikimedia of Turkic Languages User Group va ESEAP Hub kabi mintaqaviy hamjamiyatlar aʼzolarini faol ariza topshirishga undaymiz.

Vikimedia harakatidagi faoliyat (har qanday rolda, onlayn yoki oflayn) baholashning asosiy mezoni hisoblanadi. Vikimediadan boshqa ochiq bilim, bepul dasturiy taʼminot, hamkorlik yoki taʼlim tashabbuslaridagi ishtirok ijobiy baholanadi, ammo majburiy emas.

Grantlar

Ishtirokchilarga 45 ga yaqin grant ajratish rejalashtirilgan.

Grantlar borish va qaytish chiptasi, mehmonxona, mahalliy transport, anjuman davomida yengil yeguliklar va ovqatlanishni qamrab oladi.

Agar konferentsiya davomida chaqaloq parvarishida yordam kerak boʻlsa, biz sizga yordam berishdan mamnunmiz. Iltimos, ariza formangizda bizga xabar bering.

Topshirish

Quyidagi tillarning istalganida grantga ariza topshirishingiz mumkin. Ingliz tili afzal koʻrilsa-da, formani fors, oʻzbek, rus, tojik, qirgʻiz yoki qozoq tillarida ham toʻldirishingiz mumkin. Tanlagan tilingizga mos keladigan linkni bosing:

Aloqa

Savollaringiz boʻlsa, quyidagi elektron pochta manzili orqali biz bilan bogʻlaning: CAWikiCon25 gmail com