Harakat Nizomi/Loyiha komissiyasi/Qaror qabul qilish
Ushbu sahifada Harakat nizomini ishlab chiqish komissiyasining qaror qabul qilish jarayoni tushuntiriladi. Bu Qoʻmita tamoyillarini qoʻllab-quvvatlovchi ichki hujjat sifatida tayyorlangan.
Ovoz berish asosida qaror qabul qilish taklifi
Ushbu tuzilma HNICHK qarorlarini uch guruhga ajratadi. Bu faqat HNICHK qaror boʻyicha aniq konsensusga erisha olmasagina qoʻllaniladi. Biz aytgan uch guruh quyidagilar:
- Doimiy ichki qarorlar
- Muhim ichki qarorlar (yangi aʼzolarni saylash yoki aʼzoni olib tashlashdan koʻra muhimroq boʻlgan yoki shunga oʻxshash qarorlar)
- Tarkibga oid qarorlar
Doimiy ichki qarorlar
- Koʻpchilik ovoz orqali qabul qilingan
- Kvorumga (kengash qarori qonuniy boʻlishi uchun kerakli aʼzolar soni) erishish uchun HNICHKning kamida ⅔ qismi (umumiy) ovoz berishi kerak
- Ikkidan ortiq variant koʻrib chiqiladigan hollarda, HNICHKning 50% dan koʻpi oʻsha variantni tanlash uchun uni qoʻllab-quvvatlashi kerak boʻladi.
- Agar variantlarning hech biri yetarlicha ovoz toʻplay olmasa, HNICHK, eng koʻp ovoz toʻplagan variant bilan nisbatan undan kamroq ovoz toʻplaganini muhokama qilishi, ovoz berishi yoki yangi muqobillarni topish uchun qayta tanlov qilishi mumkin.
Muhim ichki qarorlar
- Koʻpchilikning ovozi bilan hal qilinadi
- HNICHK aʼzolarining kamida ⅔ qismi ovoz berishda (istasa ovoz bersin istamasa yoʻq) faol ishtirok etishlari kerak. Mohiyatan, ovoz bermaganlar va betaraflar qarshi ovoz berganlar bilan bir xil oʻringa ega.
- Agar ovozlar ⅔ ga yetmagan boʻlsa, lekin bunga erishilish ehtimoli boʻlsa, har bir variantning xolis xulosasi (va sabablari) barcha aʻzolarga elektron pochta orqali yuborilishi va 72 soat ichida ovoz berishni soʻrashi lozim.
Tarkib boʻyicha qarorlar
- Muayyan Harakat Nizomi segmenti (masalan, Harakat Qiymatlari boʻlimini yozish uchun 3 tsikl) boʻyicha qancha konsultatsiya/chizma sikllari amalga oshirilishi, agar oʻzgarish ehtimoli boʻlsa ham oldindan hisobga olinishi kerak.
- Yakuniydan tashqari barcha qaytarishlarda, deyarli bir ovozdan HNICHK tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydigan tarkib qarorlari (tahminan 80%) mahalliy loyihalar, filiallar va WMF ning maxsus (bundan keyin) batafsil muhokamasi uchun ochiq savol sifatida roʻyxatga olinishi kerak.
- Iloji boricha neytral ifodalashni taʼminlagan holda, turli xil variantlarni (HNICHK aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadiganlar va shunga bogʻliq vaziyatlarda boshqalar) qayd etish kerak. Bundan tashqari, kelishmovchilikning muhim sabablarini ham keltirib oʻtishi joiz.
- Agar berilgan variantlardan hech biri HNICHK tomonidan maʼqullanmagan boʻlsa, mavzu qoʻshimcha izohlarsiz ochiq savol sifatida yaʼni koʻrib chiqilmagan deb koʻrsatilishi mumkin.
- Segmentning oxirgi iteratsiyasida, agar zarur boʻlsa, Harakat Nizomi loyihasini tayyorlashning keyingi bosqichlariga oʻtish uchun koʻpchilik (yani ⅔), maʼlum bir pozitsiyani tanlashi mumkin.
- Agar Harakat Nizomining keyingi bosqichlari ushbu tortishuvni hal qilishga yordam bersa, u holda savol jarayonning keyingi bosqichlariga qoldirilishi mumkin.
- Har qanday holatda ham, bu jamoat hujjatlarida aniq qayd etilishi kerak.
- Agar ovoz berish ⅔ ga yetmagan boʻlsa-da, lekin buning imkoni bor boʻlsa, har bir variantning xolis xulosasini aʼzolarga elektron pochta orqali yuborish va 72 soat ichida ovoz berishlarini soʻrashlari kerak.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy tomonlari:
- Toʻxtab qolmasligimiz uchun aniq bir qarorni belgilaydi.
- Bu ozchilik uchun turli darajadagi himoyani taʼminlashga harakat qiladi, bunda asosiy eʼtibor mazmun va muhim mavzularga qaratiladi. Agar biz oʻzimiz haqimizda aniq bir konsensusga ega boʻlmasak, u holda Harakat boʻyicha konsensusga erishishimiz ham dargumon.
- Kontentga keladigan boʻlsak, bu loyihachilar aynan biz ekanligimizni taʼkidlaydi, shuning uchun kelishmovchiliklar Harakat muhokamasi va yechimlari orqali hal qilinadi.
Salbiy tomonlari:
- Har qanday ovoz berishda boʻlgani kabi, baʼzi odamlar „yoʻqotishi“ mumkin boʻlgan oʻziga xos masala bor, ehtimol bu HNICHK ichida kichik nizolarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
- Sezilar-sezilmas farq va yuqori darajadagi himoyani taʼminlash uchun bir nechta usullar mavjud. Bu maʼlum darajada murakkab boʻlishi mumkin.
- ⅔ miqdorda ovozga erisha olmagan, koʻpchilik yetakchi oʻringa chiqa olmagan hollarda, muhim va mazmunli savollar boʻyicha haligacha bir oz turgʻunlik ehtimoli bor. Bu ataylab qilingan, ammo bizning jarayonimiz uchun potentsial xavf tugʻdiradi.
Qarorni nima muhim qiladi?
- Bu HNICHK tuzilishiga oʻzgartirishlar kiritadi (aʼzolikni oʻzgartirish yoki printsipial oʻzgarish kabi).
- Bu bir yoki bir nechta asosiy manfaatdor tomonlar guruhlari (Vasiylik kengashi, WMF, mahalliy jamoalar, filiallar, hamjamiyat) bilan katta tortishuvlarga sabab boʻlishi mumkin.
- Avvalgi muhim qarorni oʻzgartiradi.
Shartnoma Qarorlarini Qabul Qilish Gradientlari
Bu bir toʻxtamga kelish tuzilmalarida alohida shaxslarning fikrlarini yaxshiroq aks ettirishga qaratilgan qaror qabul qilish metodologiyasi. Ovoz berish bilan solishtirganda, u koʻpchilikni emas, balki konsensusni ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, bu koʻproq mumkin boʻlgan bir nechta qarorlarni hamda ularning butun guruh fikriga muvofiqligini tekshiradi.
Shu bilan birga, ayrim guruh aʼzolarining chegaralari, nima uchun ular muayyan variantlarga rozi emasligi va bir yoqadan bosh chiqarish uchun nima qilish mumkinligi haqida faolroq izlanishlar olib borilmoqda.
Kelishuv gradientlaridan qanday foydalanasiz?
Guruh muayyan takliflarni muhokama qilishga yordam beradi va yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin bir qator takliflar ovozga qoʻyiladi. Aʼzolar oʻz fikrlarini quyidagicha ifodalaydilar:
- Toʻliq qoʻllab-quvvatlash
- Kichik munozarali kelishuv
- Buyurtma bilan qoʻllab-quvvatlash
- Betaraf boʻlish
- Yanada kengroq muhokama qilish zarurati
- Maʼqullamasada qoʻllab-quvvatlash
- Jiddiy qarshilik
- Veto
Har safar natijalar muhokama qilingandan soʻng, ayniqsa, agar guruh aʼzolari keskin norozi boʻlsa, unda norozilik sabablari oʻrganilib, turli fikrlar ochiq ovozga qoʻyilishi mumkin. Zarurat tugʻilsa, maʼlum vaqt ichida maqbul qarorga erishilmasa, ovoz berish qayta amalga oshiriladi.
Odatda, faqat dastlabki uchta yuqori reaksiyaga ega natijalar izlanadi. Biroq, haqiqatan qiyin holatlarda, „maʼqullamasada qoʻllab-quvvatlash“ yoki hatto „qatʼiy ravishda qarshi“ ovozlar talab qilinishi mumkin.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Asosiy afzalliklari:
- Qarorlar ancha yaxshi muhokama qilinganga oʻxshaydi – Norozi aʼzolar oʻz nuqtai nazarini yaxshiroq tushuntirish va guruhning boshqa aʼzolarini ishontirish uchun koʻproq imkoniyatga ega.
- Qarorlar ijobiy tarzda sinovdan oʻtgan koʻrinadi. Mumkin boʻlgan muammolarni koʻtarish va muhokama qilish mumkin. Tanqidni yumshatish va ularga javob berish usullarining ishlab chiqilishi ehtimoli ham bor.
- Qarorlar ancha adolatli koʻrinadi. Nisbatan adolatsizlik boʻlgan baʼzi qarorlarning oldini olish ehtimoli koʻproq.
- Guruh nima uchun maʼlum bir qaror qabul qilinganligi, qaysi variantlar masalasi muhokamaga qoʻyilganligi va qanday ijobiy va salbiy tomonlari oʻylab chiqilganligi haqida aniqroq maʼlumotga ega.
- Guruh oʻz qarorini qat'iylashtirishi va buning orqasida turishi mumkin. Kun oxirida muxolif ozchilik guruh ortiqcha ovoz olish ehtimoli xavfi ham yuqori. Biroq, bu shunchaki tahmin.
- U dastlabki konsensus qarorining bir qismi oʻlaroq soʻrov usuli sifatida ishlatilishi mumkin va shuning uchun ham faqat dastlabki va yakuniy natija uchun foydalanilganda ovoz berish oʻrniga qoʻllaniladi.
Asosiy kamchiliklari:
- Sezilarli darajada sekin surʼat
- Oxir-oqibat hali ham qaror qabul qilish kerak, agar konsensus topilmasa, baʼzi pozitsiyalar talab qilinadi va bular hanuzgacha noaniq (ham son jihatdan, ham rivojlanish uchun qanday gradientlar qabul qilinishi nuqtai nazaridan).
- Yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin bu belgining qayerdaligini bilmasdan, oʻrtadagi maʼlum variantlarga nisbatan ragʻbatlantirilishini taʼminlaydi.