Markaziy Osiyo vikianjumani — 2025/Oʻtkazilishi joyi
Toshkent
Toshkent O‘zbekistonning eng yirik shahri va poytaxti. Ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan bu shahar 1966-yilgi zilziladan so‘ng keng ko‘lamda qayta tiklanib, zamonaviy megapolisga aylangan. Shahar „Osiyo sotsializmining namunasi“ sifatida qayta loyihalanib, unda keng xiyobonlar, transport tizimi va ko‘plab yangi binolar qad roslagan. Bugungi kunga kelib ushbu binolar Sovet modernistik me’morchiligining o‘ziga xos mahalliy ko‘rinishini aks etgani bilan ham e’tiborga molik. Shuningdek, Toshkentda Rossiya imperiyasi davriga oid tarixiy binolar hamda o‘rta asr yodgorliklari saqlanib qolgan.
Sovet davridan buyon megapolis maqomida boʻlib kelgan Toshkent shahri o‘zining ko‘p millatli aholi tarkibini saqlab kelmoqda. Jumladan, bu yerda asosiy millat o‘zbeklar bo‘lsa-da, ruslar, qozoqlar, ukrainlar, koreyslar va boshqa ko‘plab millat vakillarini koʻrish mumkin. O‘zbek tili rasmiy til boʻlishiga qaramasdan, Toshkentda rus tilidan hamon keng foydalaniladi. Shuningdek, so‘nggi yigirma yil mobaynida ingliz va turk tillari ham tobora keng ommalashib bormoqda.
Shahar bo‘ylab harakatlanish uchun Yandex.Maps xaritasidan foydalanishingiz yoki smartfoningizga 2GIS ilovasini o‘rnatib olishingiz tavsiya etiladi. Bu ilova orqali internet aloqasisiz ham xaritalardan (shu jumladan, transport yo‘nalishlari va tashkilotlar ma’lumotlaridan) bemalol foydalana olasiz. Darvoqe, Google xarita ishlaydi, biroq bu ilova mintaqa uchun unchalik qulay emas.
Shuningdek, Vikigidning "Tashkent" maqolasini ham koʻzdan kechirishingiz mumkin.
Oʻtkazilish joyi
Markaziy Osiyo vikianjumani — 2025 Oʻzbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. „Diplomat International School“ maktabi 2018-yilda ochilgan nufuzli nodavlat ta’lim muassasasidir. Maktab ikkita zamonaviy o‘quv binosiga ega boʻlib, u Toshkentdagi eng yaxshi 10 ta nodavlat ta’lim muassasasi qatoriga kiradi.
Qanday borish mumkin
Toshkentdagi baʼzi manzillar xaritalarda ham, haqiqiy hayotda ham noaniq bo‘lishi mumkin, ya’ni ular doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Biz Yandex.Maps va 2GIS orqali tasdiqlagan manzil - O‘zbekiston, Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 1/4-uy. U Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan bo‘lib, eng yaqin metro bekati „Mashinasozlar“dir. „Do‘stlik“ bekati yaqinroq bo‘lsa-da, undan maktab tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesishgan yo‘l yo‘q. „Mashinasozlar“ bekatidan 190-avtobusga chiqishingiz mumkin; sizga kerak bo‘lgan bekat „Harbiy qism“ deb nomlanadi va u metro bekatidan keyingi to‘rtinchi bekatdir. Shuningdek, Toshkent markazidan 18- va 44-raqamli avtobuslar qatnovi ham mavjud.
Toshkentda metro yoki avtobusda yurish 2000 so‘m (taxminan 0,16 AQSH dollari) turadi. Toʻlovni naqd pul yoki Visa yoxud Mastercard orqali amalga oshirish mumkin.
Turar joy masalasi
Konferensiya stipendiyasi sohiblari ’’’LOTTE City Hotel Tashkent Palace’’’ mehmonxonasiga joylashtiriladi. O‘z mablag‘i hisobidan kelgan ishtirokchilar ham ushbu mehmonxonada qolishlari mumkin, ammo ular xonalarni mustaqil ravishda bron qilishlari lozim.
- Registratsiya: 14:00 dan
- 12:00 gacha
Iltimos, shuni e’tiborga olingki, stipendiya oluvchilar bir xil jinsdagi boshqa stipendiya oluvchi bilan ikki kishilik xonani baham ko‘rishlari shart. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida siz ikki kishilik xonani baham ko‘rmoqchi bo‘lgan boshqa stipendiya oluvchini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz (tegishli hollarda).
- manzili
56 Buyuk Turon koʻchasi, 100029, Toshkent, Oʻzbekiston
Mehmonxonadan konferensiya manziliga yetib borish uchun Mirzo Ulug‘bek bekatiga 1-avtobus orqali borib, Maxtumquli xiyoboni bo‘ylab 1,1 km piyoda yurish yoki „Kosmonavtlar“ metro bekatidan foydalanish mumkin.