Toshkent Viki-fotomashgʻuloti—2024

This page is a translated version of the page Wiki Photo Workshop 2024 in Tashkent and the translation is 57% complete.
Outdated translations are marked like this.

Viki-fotomashgʻulot — oʻzbekistonlik vikimediachilar tomonidan Vikiomborga yuklanadigan tasvirlar sifatini oshirish maqsadida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻuloti. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilayotgan ilk fotomashgʻulot boʻlib, u 2024-yilning 6 va 7-aprel kunlari Toshkent shahrida (Oʻzbekiston), Mustaqillik koʻchasida joylashgan Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtadi (moʻljal: Mustaqillik maydoni metro bekati).

Darslar 13:00 (UTC+5) da boshlanadi.

Bu nima oʻzi?

Bu mashgʻulotlar tasvirga olishning turli koʻnikmalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan 4 ta alohida kursdan iborat. Barcha kurslar 1 soatlik maʼruza va 2 soatlik amaliy mashgʻulotlardan iborat. Bu mashgʻulotlarda qatnashchilar oʻzlari yangi olgan bilimlarini sinab koʻradilar va baholash uchun ustozlariga taqdim etadilar.

Birinchi kurs "Fotografiya asoslari" deb nomlanib, unda qatnashchilarga fotografiyaga oid asosiy atamalar toʻliq tushuntiriladi. Qatnashchilar yorugʻlik, kompozitsiya, fokus, diafragma, ekspozitsiya va boshqa parametrlar hamda tasvirga olish shart-sharoitlari haqida koʻproq maʼlumot oladilar. Ayrim noqulay sharoitlarda yaxshi sifatda tasvirga olish sirlarini bilib oladilar. Bu kurs ustozi Yelena Zdanovich — havaskor fotograf, Ivanovo shahridan (Rossiya), Vikimedia loyihalarining faol qatnashchisi, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda oʻtkazilgan "Viki Yerni sevadi", "Viki yodgorliklarni sevadi" fototanlovlarining hakamlar hayʼati aʼzosi.

Ikkinchi kurs "Arxitektura fotografiyasi" deb nomlangan boʻlib, u tasvir obyekti bino yoki kichik arxitektura shakli boʻlganida toʻgʻri tasvirga olish tushunchasini shakllantirishga moʻljallangan. Bu kursda qatnashchilar perspektiva, tasvirga olish burchaklari, detallarni tasvirga olish va arxitektura fotografiyasining boshqa sir-asrorlarini oʻrganadilar. Kurs ustozi — Yekaterina Borisova — havaskor fotograf, Sankt Peterburg shahridan (Rossiya). Vikimedia loyihalarining malakali ishtirokchisi, Rossiyada oʻtkazilgan "Viki Yerni sevadi" fototanlovi hakamlar hayʼatining sobiq aʼzosi.

Uchinchi kurs "Tabiat fotografiyasi" deb nomlanadi. Bu kurs ishtirokchilarda tabiiy sharoitda sifatli tasvirlar olish koʻnikmasini shakllantiradi. Ishtirokchilar makro va landshaftni tasvirga olish uchun eng qulay vaqt, tabiatda qoʻynida tasvirga olishda qoʻllaniladigan ommaviy usullar haqida bilimga ega boʻladilar. Ushbu kurs ustoziIslom Mirsaitov — naturalist fotograf, Olmota shahridan (Qozogʻiston), Qozogʻistonda oʻtadigan "Viki Yerni sevadi" fototanlovi hakamlar hayʼati aʼzosi.

Toʻrtinchi kurs "Tasvirlarga ishlov berish" deb nomlangan. Bu kursda ishtirokchilar ommalashgan kompyuter dasturlari yordamida tasvirlarga ishlov berish koʻnikmalariga ega boʻladilar. Ular past sifatli tasvirlar sifatini yaxshilashni, faqat kamera va kompyuterdan foydalangan holda insonlarni oʻziga tortuvchi va chiroyli tasvirlar yaratish sirlarini oʻzlashtiradilar. Kurs ustozi Nikolay Bulikin — Vikimedia loyihalarining malakali aʼzosi, Sankt Petetburg shahridan (Rossiya) havaskor fotograf. Qozogʻiston va Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan "Viki Yerni sevadi", "Viki yodgorliklarni sevadi" fototanlovlari hayʼat aʼzosi.

Trening soʻngida har bir ishtirokchi oʻz olgan bilimlarining mevasi sifatida Vikiomborga eng kamida bitta tasvir yuklashi lozim boʻladi; yuklangan tasvir ustozlar tomonidan baholanadi. Yaxshi baho olgan ishtirokchilar sertifikatni qoʻlga kiritadilar.

Tashkilotchilar

Ushbu mashgʻulot Vikimedianing hamkor tashkiloti sifatida ariza bergan ammo, hali tasdiqlanmagan "Viki Markaziy Osiyoni sevadi" foydalanuvchilar guruhi aʼzolari tomonidan tashkillashtirilgan. Mahalliy qoʻllov Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi aʼzolari va Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkiliy jamoa